KXDR o'ta yirik kallaklarga ega raketalarni sinovdan o'tkazdi

    Shimoliy Koreya o'ta yirik kallakka ega yangi Hwasongpho-11-Da-4.5 ballistik raketalarini sinovdan o'tkazdi. Bu haqda 19 sentyabr, payshanba kuni Reuters agentligi xabar berdi.

    Sinovlarda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ishtirok etdi. Uning so'zlariga ko'ra, mamlakat go'yoki “tashqi kuchlar tomonidan jiddiy tahdid” tufayli yangi ballistik raketalarga muhtoj.

    Sinovlar davomida KXDRda ishlab chiqarilgan qisqa masofali ballistik raketalar turkumiga kiruvchi yangi Hwasongpho-11-Da-4.5 taktik ballistik raketasidan foydalanildi. Raketa og'irligi 4,5 tonna bo'lgan o'ta yirik kallakka ega, deb xabar beradi korrespondent.net.