La-Manshda qayiqning ag'darilib ketishi oqibatida 12 kishi halok bo'ldi

    Fransiya hukumatining ma'lum qilishicha, 70 ga yaqin muhojirni olib ketayotgan qayiq La-Mansh bo'g'ozida ag'darilib ketdi.

    Fransiya dengiz prefekturasi ma'lumotlariga ko'ra, qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.

    Bo'g'ozdan noqonuniy ravishda 70 nafar muhojirni olib ketayotgan kichik qayiqning ag'darilib ketishi oqibatida kamida 12 kishi halok bo'ldi.

    Bu haqda Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi. Uning qo'shimcha qilishicha, bedarak yo'qolganlarni qidirish va jabrlanganlarga yordam ko'rsatish uchun barcha davlat idoralari safarbar qilindi. Fojia Fransiyaning shimoliy qirg'oqlari yaqinida, Bulon-syur-Mer okrugida sodir bo'ldi.

    65 kishi suvdan olib chiqildi, ulardan o'n ikki nafari halok bo'lgan deb e'lon qilindi. Mahalliy hokimiyat ma'lumotlariga ko'ra, yana bir necha kishi qutqarildi, ammo ularning ahvoli og'ir. O'lganlar soni hali ham ortishi mumkin, deya ogohlantirdi rasmiylar.

    Kamida ikki kishi bedarak yo'qoldi – ular ham cho'kib ketgan bo'lishi mumkin.

    Le-Portelya meri Olive Barbarenning so'zlariga ko'ra, “qayiqning tubi yorilib ketgan”. U yerda jabrlanganlarga tez tibbiy yordam ko'rsatish punkti tashkil etildi.

    Qayiq Fransiyadan Buyuk Britaniyaga o'tmoqchi bo'lganida, yordamga kelgan Fransiyaning Minck kemasi uni payqab qolgan, deb xabar beradi tengrinews.kz.