Maʼlumki, bugungi kunda bozorlardagi oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini nazorat qilish Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi hamda uning hududiy boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Markaz bevosita hayvon kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi hamda dehqon bozorlarida tashkil etilgan veterinariya-sanitariya ekspertiza (VSE) laboratoriyalari orqali bozorda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining veterinariya-sanitariya qoidalarida belgilangan normalarga muvofiqligini tekshirishi va ijobiy xulosaga ega boʻlgan tovarlar sotilishiga ruxsat berishi kerak.

“Oʻzagroinspeksiya”ning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan  Qashqadaryo viloyat hayvon kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi hamda uning Mirishkor, Kasbi, Chiroqchi, Qamashi, Yakkabogʻ, Kitob, Dehqonobod, Koson, Gʻuzor tumanlari markazlari sinov laboratoriyalarida oʻlchov vositalarini  qiyoslanmaganligi, sinov va oʻlchov vositalari yaroqsiz holatda ekanligi, sinov jihozlarini attestatsiya qilinmaganligi, laboratoriyalarda meʼyoriy hujjatlar bilan toʻliq taʼminlanmaganligi, aktualizatsiya qilinmaganligi holatlari aniqlandi.

 Markaz sinov laboratoriyalarning aksariyatida termostat va quritish shkaflarida haroratni nazorat qilish uchun moʻljallangan termometrlar  yoʻqligi va qiyoslanmaganligi sababli sinov jihozlarining toʻgʻri va aniq ishlashini nazorat qilib boʻlmaydi.

 Nosoz, qiyoslanmagan va meʼyoriy hujjat talablariga javob bermaydigan oʻlchash vositalari va sinash jihozlaridan sinov ishlarida foydalanib kelingan, kasalliklarni aniqlashda va oziq-ovqat mahsulotlarini sifati boʻyicha xulosalar taqdim etilgan.

Yuqoridagi qonun buzilishi holatlariga yoʻl quygan tuman markazlarining direktorlari va laboratoriya mudirlariga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan maʼmuriy ishlar qoʻzgʻatildi hamda yuqoridagi kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

                                Nodir Salimov,

“Oʻzagroinspeksiya”ning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi bosh inspektori