Har gal mojarolashayotgan tomonlar oʻrtasida tirik yetimlikka mubtalo etilgan norasida goʻdaklaru, talash boʻlayotgan mulkka duch kelamiz. Bu gal ajrashgan er-xotinlar mashinani boʻlisholmay sudgacha bordi.
Fuqarolik ishlari boʻyicha Andijon tumanlararo sudi N.J.ga qarzdor B.T.dan taraflarning umumiy mulki boʻlgan, yaʼni turmushi davrida olingan avtomashinadan ulushini ajratib berishni soʻragan.
Fuqarolik ishlari boʻyicha Andijon tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan umumiy mulk hisoblangan “LACETTI” avtomashinasidagi ½ qism ulush pul shaklida ajratilishi va javobgar B.T.dan daʼvogar N.J. foydasiga avtomashinadagi ulush evaziga 32 mln. soʻm undirilishi, shuningdek, N.J. kompensatsiya olganidan keyin avtomashinadagi ulushiga boʻlgan huquqi tugatilishi belgilandi.
Byuroning Andijon shahar boʻlimi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida daʼvogar N.J. foydasiga 32 mln. soʻm pullar undirilishi toʻliq taʼminlandi.