Lamin Yamal Yevro tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi

    Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Lamin Yamal Yevro – 2024 yarim finalida Fransiyaga qarshi o'yinda gol urdi. U bu o'yinda hisobni tenglashtirdi (1:1).

    Futbolchi 21-daqiqada gol urdi.

    16 yoshli ispaniyalik futbolchi Yevropa chempionatlari tarixida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Gol urilgan vaqtda futbolchi 16 yoshu 362 kunlik edi, deb xabar beradi by.tribuna.com.