Ellisonning boyligi 393 milliard dollarga, Maskniki esa 385 milliard dollarga yetdi.
“Ellison shu qadar keskin ko'tarila oldi, chunki uning kapitalining bir kunlik o'sishi 101 milliard dollarni tashkil etdi – bu Bloomberg reytingi tarixidagi eng katta o'sishdir”, deyiladi maqolada.
Mask deyarli bir yil davomida agentlik reytingida birinchi o'rinni egallab kelgan. U bunga birinchi marta 2021-yilda erishgan, biroq keyin bu nomni Amazon asoschisi Jeff Bezos va LVMH asoschisi Bernard Arnoga boy bergan. Endi ular mos ravishda to'rtinchi va sakkizinchi o'rindan joy olishdi, deb xabar berdi tengrinews.kz.








