Muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Latviya oʻrtasida tibbiyot sohasidagi ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish, tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va farmatsevtika sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Mamlakatimiz diplomatik missiyasi rahbari Latviya tomoniga Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samarali natijalari haqida batafsil soʻzlab berdi.
Vazir Xossam Abu Merining aytishicha, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mamlakatda tibbiyot sohasi yuqori rivojlanishga erishdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
“Latviya tomoni sogʻliqni saqlashning deyarli barcha yoʻnalishlarida Oʻzbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor. Xususan, tibbiyot oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish, mutaxassislar almashinuvini yoʻlga qoʻyish va farmatsevtika sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish har ikki tomon uchun foydali boʻladi”, — dedi u.