Latviya Elchisi Oʻzbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

    Xalqaro hamkorlik 27 Iyul 2021 642

    Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda oʻz diplomatik missiyasini yakunlayotgan Latviya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Mixails Popkovsni qabul qildi.

    Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Elchining ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni faollashtirishga qoʻshgan shaxsiy hissasini yuqori baholadi.

    Uchrashuv davomida siyosiy muloqotni kengaytirish, shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish muhimligi qayd etildi.

    M.Popkovs Latviyaning Oʻzbekistondagi Elchisi sifatidagi faoliyati davomida unga koʻrsatilgan qoʻllab-quvvatlash va samarali hamkorlik uchun minnatdorlik izhor etdi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.