Latviya kompaniyalari bilan hamkorlikda qoʻshma eksport loyihalari amalga oshiriladi

    Raqamlashtirish 27 Aprel 2022 1818

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Latviya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Reynis Troksha boshchiligidagi Latviya IT-kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Uchrashuvda hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari, jumladan, taʼlim va IT-tadbirkorlik sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

    Yigʻilishda taʼkidlanganidek, bugungi kunda Oʻzbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga jiddiy eʼtibor qaratilgan.

    BPO (biznes jarayonlari autsorsingi) va KPO (biznes jarayonlari autsorsingi) xizmatlarini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishda hamkorlikni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

    Bugungi kunda Oʻzbekistonda xorijiy IT-kompaniyalar va rezidentlar uchun barcha sharoit yaratilgan. Masalan, IT-Park rezidenti boʻlgan xorijiy IT-kompaniyalarga infratuzilma va soliq imtiyozlari taqdim etilgan. Xorijiy IT-mutaxassislar va ularning oila aʼzolari uchun vizalar olishning soddalashtirilgan “IT-Viza” tizimi joriy etildi.

    Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish uchun yuqori salohiyat mavjudligini qayd etib, axborot texnologiyalari sohasida sheriklikni rivojlantirish uchun barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.