Latviya Oʻzbekistondagi loyihalar uchun 3 ta grant ajratadi

    Xalqaro hamkorlik 5 Iyul 2020 1534

    1-iyul kuni Latviya tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqining Sharqiy sheriklik boʻyicha qator mamlakatlari va Markaziy Osiyodagi ustuvor hamkor-davlatlar uchun umumiy qiymati qariyb 450 ming yevroga teng 9 ta grant loyihasini moliyalashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi, deya xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

    Mamlakatimizning Rigadagi elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, ulardan 3 tasi Oʻzbekistonga ajratiladi:

    1. SunGIS MCHJ ning «Oʻzbekiston Respublikasi muhandislik-texnik oʻlchovlarining elektron geofondi» geoportalini rivojlantirishda ochiq texnologiyalardan foydalanish. Unda topografik va geokosmik maʼlumotlar portalining toʻliq ishlaydigan versiyasini yaratish koʻzda tutilgan. U Oʻzbekistonda onlayn kirish imkoniyati boʻlgan yagona kadastr tizimini yaratishga, pandemiya keltirib chiqargan inqiroz sharoitida qurilish sohasi uchun xizmatlarning uzluksizligini taʼminlashga qaratilgan. Shuningdek, ushbu portal tabiiy ofatlar paytida topografik maʼlumotlarga tezkor kirishni ham taʼminlaydi.

    2. MARTA Markazi jamoatchilik loyihasi “Global COVID-19 tarqalishi inqirozi davrida zoʻravonlik pandemiyasi. Xavflar, ogohlantirish va qarorlar” deb nomlanadi. Bu loyiha mintaqaviy miqyosda amalga oshiriladi. Maqsad Oʻzbekistondagi ayollarga (shuningdek, Qirgʻiziston va Tojikistonga) COVID-19 pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yengishda yordam berish;

    3. Oʻzbekistonda Cleantech Latviya kompaniyasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat xizmatlarini modernizatsiya qilish” loyihasi. Uning maqsadi pandemiya davrida narxlarning oshishiga yoʻl qoʻymaslik uchun issiqlikdan foydalanishning iqtisodiy asoslanganligini taʼminlash orqali issiqlik taʼminoti sohasida koʻrsatilayotgan xizmatlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan. Latviya Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, eng yuqori reytingga ega boʻlgan loyiha takliflarini moliyalashtirish amalga oshiriladi.