“Dunyo “ AAʼning xabar berishicha, vatandoshimiz M.V. oʻtgan yili ishlash maqsadida Riga shahriga kelgan. Ammo, sogʻligʻida kuzatilgan muammolar sababli shu yil yanvar oyi oʻrtalarida Riga shahridagi shifoxonalardan biriga davolanish maqsadida joylashtirilgan.
Qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz Oʻzbekiston elchixonasiga murojaat qilib, vatanga qaytish va shifoxona bilan yuzaga kelgan muammolarni hal etishda amaliy yordam berishni soʻrab murojaat qildi.
Diplomatlar shifoxona masʼullari bilan uchrashuv oʻtkazib, barcha muammolarni hal etish boʻyicha kelishib oldilar. Shuningdek, hamyurtimizning Oʻzbekistonga qaytishi bilan bogʻliq hujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam koʻrsatildi.
Bemorning davolanishi va vatanga qaytishi bilan bogʻliq xarajatlar mamlakatimiz elchixonasi hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti Riga ofisi koʻmagida ijobiy hal etildi.
Yurtdoshimiz “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasining “Riga-Toshkent“ yoʻnalishidagi samolyoti bilan Oʻzbekistonga kuzatib qoʻyildi.