Bu haqda Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Oʻzbekistonning Latviyadagi elchixonasi masʼullaridan iborat delegatsiyaning Latviya Farovonlik vaziri Uldis Augulis bilan Rigada oʻtgan uchrashuvda maʼlum qilindi.
Unda oʻzbekistonlik ishchi kuchiga Latviyada munosabat ijobiy ekanligi va hamyurtlarimiz yaxshi taassurot qoldirayotgani taʼkidlandi.
Bugungi kunda ushbu davlatda 4000 dan ortiq yurtdoshlarimiz mehnat faoliyatini olib bormoqda. Uchrashuvda bu raqamni yanada koʻpaytirishga ikki tomonda ham istak borligi taʼkidlandi. Shu bois, ishchilar soniga kvotalar belgilanmaydi.