Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Unga koʻra, Latviyada payvandchilarga 1000 yevrodan ortiq ish haqi taklif etilmoqda. Nomzodlar uchun quyidagi talablar qoʻyilgan:

  • MIG, MAG, TIG, TUV, MMA texnologiyasida payvandlash koʻnikmasi va payvandlash boʻyicha sertifikat yoki diplom;
  • payvandchilik boʻyicha kamida 3-yillik tajriba;
  • rus tilida erkin muloqot qilish (ingliz tilini bilish ustunlik beradi);
  • 22-45 yosh;
  • sudlanmagan;
  • jismonan sogʻlom;
  • sinov muddati 3 oy.

Afzalliklar:

  • ish haqi oyiga 1080 yevro (soliqlar ushlangandan keyin);
  • aeroportdan yashash joyigacha transfer;

Quyidagilar fuqaro hisobidan:

  • turar joy;
  • oziq-ovqat;
  • sugʻurta;
  • aviachipta;
  • agentlik xarajatlari.

Roʻyxatdan oʻtish

Roʻyxatdan oʻtish jarayoni 16-aprel soat 15:00 dan 26-aprel soat 15:00 gacha davom etadi.