Laziz Kudratov AQSH senatori Stiven Deyns bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 28 Mart 2024 1034

    Joriy yil 27-martda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Montana shtatidan AQSH senatori Stiven Deyns bilan uchrashdi.

    Tomonlar savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalarni koʻrib chiqdilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

    Stiven Daines AQSH Senatining energiya va tabiiy resurslar, moliya, bank, uy-joy va shahar ishlari boʻyicha qoʻmitalari aʼzosi.