Lazizbek Mullajonov WBC Gran-prisida gʻalaba qozondi

    Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida WBC Gran-prisining nimchorak final bosqichi oʻzbek bokschilari uchun muvaffaqiyatli oʻtdi.

    Jumladan, musobaqaning ushbu bosqichida hamyurtimiz Lazizbek Mullajonov eng ogʻir vazn toifasida marokashlik Yuness Baalaga qarshi ringga koʻtarildi.

    6 raund etib belgilangan ushbu bellashuv toʻliq davom etdi. Quvonarlisi, unda Lazizbek gʻalaba qozondi va avgust oyida boʻlib oʻtadigan chorak finalga yoʻl oldi.

    Maʼlumot oʻrnida: WBC Gran-prisining 1/8 finalida yana ikki nafar charm qoʻlqop ustamiz – Mujibillo Tursunov va Ayubxon Baxtiyorov oʻz vazn toifalarida zafar quchgan holda, 1/4 finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan edi.