Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahar, Yunusobod tumanida yashovchi 31 yoshli К.Ё. ismli shaxs sodir etganligi aniqlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, К.Ё. У.М. bilan “Telegram” messenjeri orqali tanishib, unga LED-ekranlar orqali mahsulotlarini reklama qilib berishini aytib uni aldab, oldindan 6.000.000 soʻm miqdordagi pullarini oʻzining plastik kartasiga oʻtqazib olgandan soʻng bergan vaʼdasini bajarmay, yozishmalarni oʻchirib yuborilgani maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, К.Ё.нинг sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.