Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi 32 yoshli fuqaro K.Y. sodir etganligi aniqlandi.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan, K.Y., internet foydalanuvchilariga Telegram messenjerida "LED-ekran" orqali reklama qilib berishlikni aytib, ularni qiziqtirib, toʻlovlarni oldindan amalga oshirishlari kerakligini aytgan holda pullarini oʻzining bank kartasiga oʻtkazib olgandan soʻng yozishmalarni oʻchirib yuborgan va mazkur pullarni oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan K.Y.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.