Moldovaning “Sherif” klubi shu kunlarda Yevropa ligasi pley-off uchrashuvlariga tayyorgarlik koʻrmoqda. Tayyorgarlik jarayonida ular “Dinamo-Avto” jamosi bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazdi.

Shunisi quvonarliki, qizgʻin kurashlar ostida kechgan bahsda “Sherif”ning oʻzbekistonlik hujumchisi Jasur Yaxshiboyev ikkita gol kiritib, jamoasi gʻalabasini taʼminladi. Oʻyin 2:0 hisobida yakunlandi.

Belarusning BATE jamoasida toʻp surayotgan yana bir futbolchimiz Shahboz Umarov ham “Isloch”ga qarshi oʻrtoqlik oʻyinda oʻzini koʻrsatdi. Uchrashuvning 89-daqiqasida Shahboz raqiblari darvozasiga supergol kiritdi. Shunday qilib, BATE 1:0 hisobida gʻalaba qozondi.