Leroy Sane «Manchester Siti» bilan xayrlashmoqchi

    Sport 19 May 2020 673

    «Manchester Siti» yarim himoyachisi Leroy Sane yozda boshqa klubga o'tishi mumkin.

    “Sky Sport” xabariga ko'ra, «shaharliklar» nemis iqtidori bilan yangi shartnoma imzolashga urinib ko'rinishdi. Biroq, u taklifga yana rad javobini berdi.

    24 yoshli Sane xizmatiga «Bavariya» faol qiziqish bildirmoqda. Futbolchining «Manchester Siti» bilan imzolagan shartnomasi 2021 yil yozigacha mo'ljallangan.

    Leroy 2016 yildan beri «Siti» sharafini himoya qilmoqda. Bu mavsumda futbolchi jarohati tufayli barcha musobaqalarda atigi 2ta o'yinda maydonga tushdi. Uning transfer qiymati 80 mln evroga baholanyapti.