“Bavariya” forvardi Germaniya chempionatining 34 oʻyinida 35 ta gol urgan hamda 70 ochko jamgʻargan (Top-5 liga koeffitsiyenti boʻyicha har bir golga 2 ochko beriladi). PSJ hujumchisi Kilian Mbappe 28 ta gol urgan holda 56 ochko bilan ikkinchi oʻrinni qayd etdi.

Chiro Immobile (“Latsio”) va Karim Benzema (“Real Madrid”) 54 ochkodan (A Seriya va La Ligada 27 tadan gol urgan) jamgʻargan. Levandovski oʻtgan mavsumda ham Bundesligada 41 ta gol (82 ochko) bilan “Oltin butsa”ni qoʻlga kiritgandi.