Maʼlum boʻlishicha, 18-iyun kuni 16:15 larda Toshkent shahar Yangihayot tumani, Navroʻz koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uyning yuk tashish uchun moʻljallangan lifti yuqoridan pastga tushayotgan vaqtida texnik nosozlik tufayli tezlashib, 1-qavatga yaqinlashganda liftning avtomatik tormoz tizimi ishga tushib toʻxtagan.

Oqibatda liftda boʻlgan 11 nafar fuqaro turli darajada yengil tan jarohati olib, RSHTYOIMga olib ketilgan, deyiladi FVV maʼlumotida.

Hozirda shifoxonadan 8 nafar fuqarolarga uyiga javob berilgan, qolgan 3 nafar fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

Voqea joyiga FVV hodimlari, shahar va tuman FVB rahbariyati, IIB, Prokuratura hamda SSB hodimlari chiqishgan.