Superliga 2-turi doirasida boʻlib oʻtgan “Andijon” — “Bunyodkor” uchrashuvining 32-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Usmonali Ismonaliyev beoʻxshov hazili uchun haqli ravishda maydondan chetlatildi. Liga mazkur holatda bosh hakam tomonidan chiqarilgan qarorni qoʻllab-quvvatlaydi.
Oʻsha daqiqada mezbonlar futbolchisi Farhod Bekmurodov Ismonaliyevni tepki yegan Muhammadkarim Toirovni ayyorlik ishlatmaganlikda koyib, uni yerga yotishga majbur qildi.
Keyin esa jamoadoshiga nisbatan raqibning chetlatilayotgan futbolchisidanda beoʻxshov harakatni amalga oshirdi. Liga bu holatni qattiq qoralaydi.
Maʼlumki, 2024-yildan boshlab uch holatda ogohlantirish olgan futbolchi jarimaga tortiladi. Mazkur holatlar ichida simulyatsiya uchun olingan sariq kartochka ham muhim oʻrin tutadi.
Garchi hakam Farhod Bekmurodovga sariq kartochka koʻrsatmagan boʻlsada, bu uni jazodan chetda qoldirmaydi. Liga sportchilarga xos boʻlmagan xatti-harakati uchun Bekmurodovni jazolash masalasini Tartib-intizom qoʻmitasiga kiritadi.
Liga oʻzi roʻyxatdan oʻtkazayotgan barcha futbolchilarni mard va halol boʻlishga chaqiradi. 2024-yildan boshlab halollik va mardlikka ters boʻlgan har qanday xatti-harakat Liga tomonidan taʼqib etiladi.