Ularning umumiy qiymati 1,3 million AQSH dollariga teng. Bu haqidagi ma'lumotlarni Davlat statistika qo'mitasi e'lon qildi.

Limon eksporti o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 309 tonnaga ortgan.

2022-yilning yanvar-fevral oylarida O'zbekiston eng ko'p limon eksport qilgan davlatlar:

Rossiya — 715 tonna

Qozog'iston — 325 tonna

Qirg'iz R. — 194 tonna.

Xorijga eng ko'p limon eksport qilgan hududlar esa:

Farg'ona viloyati — 521 tonna

Toshkent viloyati — 219 tonna   

Xorazm viloyati — 159 tonna.