Gol start hushtagidan 1 daqiqa 19 soniya o'tib urildi. Messi jarima maydonchasi yaqinida uzatmani qabul qilib oldi, so'ng chapga o'tib, bitta himoyachini aylanib o'tdi va darvozaga aniq zarba berdi.
Messining avvalgi eng yaxshi natijasi 2018-yilda Chempionlar ligasida “Chelsi”ga qarshi o'yinda qayd etilgan edi. O'shanda u raqib darvozasiga ikki daqiqa-yu etti soniyada gol urishga muvaffaq bo'lgan edi, deb xabar beradi tengrinews.kz.