Litva Rossiya bilan chegarada “ajdar tishlari”ni o'rnatdi

    Litva Rossiya bilan chegaradosh Panyamuna shahrida “ajdar tishlari” mudofaa istehkomlarini joylashtirdi.

    Bu haqda Litva Mudofaa vazirligi X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.

    “Bu yanada samarali mudofaani ta'minlash uchun qilingan ehtiyot chorasi”, deyiladi bayonotda.

    Aniqlik kiritilishicha, Litva hududini Rossiyaning Kaliningrad viloyatidagi Sovetsk shahri bilan bog'lovchi Qirolicha Luiza ko'prigi oldida istehkomlar, jumladan, minalar va tankga qarshi to'siqlar o'rnatildi.

    Departamentning tushuntirishicha, ko'prik Rossiya Federatsiyasining mulki, shuning uchun Litva faqat uning oldiga to'siqlar o'rnatishi mumkin.

    Bundan oldin, Litvada, Belarus bilan chegaradan unchalik uzoq bo'lmagan joyda, Bundesver qo'shinlarining doimiy turar joyi uchun harbiy baza qurilishi boshlangani ma'lum bo'lgandi, deb xabar beradi report.az.