“Bu hafta Litvada, Belarus bilan chegara yaqinida, 2027-yilga qadar to'rt mingga yaqin bundesver askari joylashtiriladigan yangi nemis armiyasi kazarmalarini qurilish ishlari boshlandi”, deyiladi xabarda.
O'tgan hafta nemis ommaviy axborot vositalari Germaniya Kiyevga harbiy yordamni kamaytirishga majbur bo'lganini xabar qilishdi, chunki Germaniya hukumatining joriy byudjet rejasiga ko'ra, hozirda bu maqsadlar uchun yangi mablag' ajratilmagan. Kansler Olaf Sholsning aytishicha, Berlin Ukrainaga Yevropadagi eng katta yordamni berishda davom etadi.
Avvalroq nemis OAVlari Litvada jangovar brigadani joylashtirish Germaniyaga taxminan 11 milliard yevroga tushishi haqida xabar bergan edi. Ushbu mablag'ning bir milliardi yillik operatsion xarajatlarga, to'rt milliardi zirhli texnikalar sotib olishga va olti milliardi infratuzilmani qurish va harbiy kiyim sotib olish kabi xarajatlar uchun sarflanadi. Biroq, mazkur mablag' chet elda xizmat qilish uchun ustama to'lovlarini o'z ichiga olmaydi.
2023-yil dekabr oyida Litva mudofaa vazirlari Arvidas Anushauskas va Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Vilnyusda 2027-yilgacha nemis brigadasini Litvada joylashtirish bo'yicha harakat rejasini imzolashdi. Arvidas Anushauskasning ta'kidlashicha, asosiy tuzilmalarni topshirish 2025-2026-yillarda amalga oshiriladi va “2027-yilda Litvada nemis brigadasi to'liq operatsiyaga tayyor bo'lishi kerak”. Germaniyadan besh ming harbiy xizmatchi oilalari bilan respublikaga kelishi kutilmoqda.
Litva Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Germaniya mamlakatda uchta manyovr bataloniga ega og'ir brigada va zaruriy jangovar yordam va ta'minot bo'linmalarini joylashtirmoqchi, deb xabar beradi ria.ru.