Livanda aloqa vositalarining portlashi oqibatida halok bo'lganlar soni 20 nafarga yetdi

    Livanda shaxsiy aloqa vositalarining portlashi qurbonlari soni 14 dan 20 nafarga ortdi.

    Bu haqda respublika Sog'liqni saqlash vazirligining Telegram-kanalida e'lon qilingan hisobotida aytiladi.

    Unda yaradorlar soni 450 dan 460 nafarga ko'paygani ma'lum qilindi. Halok bo'lganlar va jarohatlanganlarning aksariyati 2023-yil oktabr oyidan beri Livan janubidagi chegara hududlarida Isroilga qarshi jang qilayotgan “Hizbulloh”ning shia militsiyasi tarafdorlaridir, deb xabar beradi tass.ru.