Tripoli hokimi Abdel Hamid Karima bu xabarni o'zining X akkauntida e'lon qildi.

“Vayronalar ostidan olti kishining jasadi topildi va yana yetti kishi tirik holda topildi. Ular jarohat oldi va shifoxonaga yotqizildi”, dedi u. “Qutqaruv ishlari davom etmoqda, qurbonlar va jarohatlanganlar soni ortishi mumkin”.

Kariima hukumatdan so'nggi kunlarda kuchli yomg'irdan keyin ikkita turar-joy binosi qulab tushgan qadimgi Bab-Tabbana mahallasini falokat zonasi deb e'lon qilishni so'raganini ta'kidladi.

“Biz shoshilinch ravishda qo'shni binolardan odamlarni evakuatsiya qilmoqdamiz, ular avariya holatida”, dedi hokim.

Bosh vazir Navaf Salom qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirib, “beparvolik qilgan har bir kishini” javobgarlikka tortishga va'da berdi. U muxolifatni “Tripolidagi dahshatli fojiadan xudbin siyosiy maqsadlarda foydalanishga urinishlardan” tiyilishga chaqirdi, deb xabar berdi report.az.