Livanda peyjerlarning portlashi oqibatida 11 kishi halok bo'ldi

    Livanda peyjerlarning portlashi oqibatida qurbon bo'lganlar soni 11 kishiga yetdi. Bu haqda Al Jadeed telekanali sog'liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.

    Uning ma'lumotlariga ko'ra, peyjerlarning portlashi oqibatida to'rt ming fuqaro jarohatlandi, 400 nafari esa og'ir tan jarohati oldi.

    Avvalroq peyjer portlashi oqibatida Eronning Livandagi elchisi Mojtaba Amani ham jarohatlangani ma'lum bo'lgan edi. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, elchi yengil jarohat olgani uchun Bayrut shifoxonasiga o'tkazilgan.

    Falastinning HAMAS harakati Livandagi peyjerlarning portlashida Isroilni javobgar deb hisoblaganini aytdi, deb xabar beradi lenta.ru.

    Al Jazeera telekanali Livan xavfsizlik xizmatidagi manbaga tayanib, Isroil harbiylari “Hizbulloh” ishlatadigan peyjerlarni buzib, ularni portlatib yuborishga muvaffaq bo'lganini xabar qildi.