Livanda sulhdan keyin 300 nafardan ortiq bola halok bo'ldi

    Noyabr oyida sulh e'lon qilinganidan beri Livanda 300 dan ortiq bola halok bo'ldi, 1500 nafari yaralandi, dedi UNICEFning Livandagi vakili o'rinbosari Etti Xiggins Jenevada bo'lib o'tgan brifingda.

    “Livandagi janglar 11 oylik transchegaraviy hujumlardan so'ng 2024-yil sentabrida keskin avj oldi. Noyabr oyida sulh e'lon qilinganidan beri 310 dan ortiq bola halok bo'ldi, 1500 dan ortiq bola yaralandi”, deydi u.

    2024-yil noyabr oyi oxirida AQSh va Fransiya vositachiligida Livan va Isroil o'rtasida 60 kunlik sulh bitimiga erishildi. Kelishuv shartlariga ko'ra, Livan armiyasi va BMT tinchlikparvar kuchlari mamlakatning butun janubiy chegarasini egallab, shia “Hizbulloh” harakatini Litani daryosidan orqaga surishi kerak edi. Isroil, o'z navbatida, 27-yanvargacha Livan janubidan barcha qo'shinlarini olib chiqib ketishi kerak edi, biroq keyinroq Livan hukumati AQSh vositachiligida kelishuv shartlarini 18-fevralgacha uzaytirishga rozi bo'ldi. Shundan so'ng Isroil mudofaa vaziri Israel` Kats SAXAL qo'shinlari bufer zonada beshta pozitsiyada qolishini ma'lum qildi, deb xabar beradi ria.ru.