Livandan Isroilga 25 ta raketa uchirildi

    Isroil armiyasining xabar berishicha, ularning ba'zilari tutib olindi.

    Isroil armiyasi Livandan Isroil hududiga otilgan 20 ta raketani qayd etdi, ularning aksariyati tutib olindi, bir qismi esa yahudiy davlati shimolidagi Shamir aholi punkti yaqiniga tushib ketdi. Bu haqda armiya matbuot xizmati xabar berdi.

    Keyinroq “Livandan yana beshta raketa uchirilgani aniqlandi”, ular “Shamir tumanidagi odam yashamaydigan hududga qulab tushdi”, deya qo'shimcha qildi harbiylar.

    Bundan tashqari, “Livandan kelgan shubhali havo nishoni Golan tepaliklari hududida tutib olindi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida. Harbiylarning ta'kidlashicha, ushbu hodisalar davomida “talafotlar haqida hech qanday ma'lumot yo'q”, deb xabar beradi tass.ru.