Liviya qirg'oqlari yaqinida 60 ga yaqin muhojir halok bo'ldi

    Fransiyaning Sos Mediterranee nodavlat tashkiloti Liviya qirg'oqlari yaqinidagi dengizda kamida 60 nafar muhojir halok bo'lganini ma'lum qildi.

    Halokatga uchragan puflama qayiqdan qutqarilgan 25 kishidan olingan ma'lumotlarga ko'ra, kema bir haftadan ko'proq vaqt davomida ochiq dengizda suzgan.

    Qutqarilgan 25 kishi Ocean Viking nodavlat tashkiloti kemasi tomonidan olib ketilgan. Omon qolganlarning so'zlariga ko'ra, uch kun avval qayiqning dvigateli ishdan chiqqan, bortda oziq-ovqat ham, suv ham bo'lmagan.

    Sos Mediterraneening xabar berishicha, qutqarilganlarning ahvoli “og'ir”. Ikki kishini zudlik bilan evakuatsiya qilinishga to'g'ri keldi va ular vertolyotda Sitsiliyaga yetkazildi.

    Oxirgi oylarda Italiyaga dengiz orqali kelayotgan muhojirlar oqimi sezilarli darajada kamaydi, deya ta'kidlamoqda Italiya rasmiylari. Yil boshidan 14-martgacha mamlakatga 6 mingdan kamroq odam kelgan, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 4 baravar kam (20 mingga yaqin), deb xabar beradi report.az.