Lizingga olingan texnikalar qaytarildi

    Toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanmagach, sudning qarori bilan shartnoma bekor boʻlgan va 123 mln. soʻm qarzdorlik undirilishi bilan birga lizingga olingan avtotransport vositalari qaytarilishi belgilangan.

    Lizing oluvchi uchun lizing obyektining sifat xususiyatlari ahamiyatli boʻlsa, lizing kompaniyasi uchun muhimi esa lizing oluvchi tomonidan toʻlovlar muddatini oʻtkazib yuborilishi yoki toʻlanmasligi muammolariga duch kelmaslikdir.

    Bordi-yu, shartnoma shartlariga rioya qilinmasdan toʻlovlar kechiktirilsa, shartnoma bekor qilinishi va mulklar qaytarib olinishi mumkin.

    Qarzdor masʼuliyati cheklangan jamiyati ham lizing shartnomasiga binoan “Hamkor invest lizing” MCHJdan 4 dona HOWO rusumli avtobeton aralashtirgich, 3 dona “NEXIA 3” avtotransport vositalarini olgan.

    Toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanmagach, sudning qarori bilan shartnoma bekor boʻlgan va 123 mln. soʻm qarzdorlik undirilishi bilan birga lizingga olingan avtotransport vositalari qaytarilishi belgilangan.

    Byuroning Andijon shahar boʻlimi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida avtotransport vositalari xatlab qoʻyildi.

    Yana bir masʼuliyati cheklangan jamiyati ham “Hamkor invest lizing” MCHJ bilan shartnoma tuzib, toʻlov shartlarini buzgan. Oqibatda iqtisodiy sud tomonidan berilgan daʼvoni taʼminlash ajrimi bilan olingan 2 dona HOWO va yuk koʻtarish texnika vositalari xatlangan.