“Lizutaniya malikalari” – Portugaliyaning eng uchqur otlari O'zbekistonga keltiriladi

    O'zbekiston va Portugaliya yilqichilik sohasida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda

    O'zbekistonning Portugaliyadagi elchisi Sardor Rustamboev “PAE” portugal ot sporti maktabi menejeri Lino ramos bilan uchrashdi, deya xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

    Muzokaralar davomida Portugaliya tomoni yaqindan hamkorlik qilish va O'zbekiston ot sporti va federatsiyasi (FKKSU) bilan tajriba almashishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

    Portugaliya ot minish va ot sporti san'atini rivojlantirish bo'yicha dunyodagi etakchi davlatlardan biridir. Portugaliyalik ot sporti modeli va eng yaxshi amaliyotlar ko'p yillar davomida Evropa mamlakatlari uchun namuna bo'lib kelgan. Avstriya, Angliya, Frantsiya va AQSHning etakchi tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik o'rnatilgan.

    EPAE maktabi Lizutaniya ot zotini saqlash bilan shug'ullanadi. Dunyo bo'yicha atigi 2 ming Lizutaniya malikalari mavjud. Ushbu otlarning yarmi Portugaliya hissasiga to'g'ri keladi. Ta'kidlandiki, yaqinda maktab keng jamoatchilik uchun o'quv mashg'ulotlari namoyishini tashkil etish orqali chet ellik sayyohlarda katta qiziqish uyg'otdi.

    Portugaliyaning ot sporti ob'ektlari 2019 yilda 1 millionga yaqin sayyohlarni jalb qildi. Ularning 80 foizi chet ellik sayyohlardir.

    SHuningdek, maktab chavandozlari xalqaro musobaqalarda ham ishtirok etishadi. Masalan, 2008 yilda Pekinda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida maktab 3 ta sportchi bilan qatnashgan.

    EPAE vakilining fikriga ko'ra, sportchilarni xalqaro Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishi ham O'zbekiston bilan o'zaro hamkorlik qilishning potentsial yo'nalishlaridan biriga aylanishi mumkin.

    Portugaliya tomoni o'zbekistonlik mutaxassislar uchun turli xil treninglar tashkil qilishda yordam berishga, shuningdek, eng yaxshi ot zotini saqlash bo'yicha tajriba almashishga tayyor.