“LLK-Interneshnl” poytaxtimizda sifatli yoʻl qurish imkoniyatlarini taklif etdi

    Urbanizatsiya 28 Fevral 2023 731

    Bugun Toshkent shahar hokimi v.b Baxtiyor Rahmonov “LLK-Interneshnl” mutasaddilari bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda “Avtomobil yoʻllari ilmiy-tadqiqot instituti” mutasaddilari, yoʻl qurilishi va loyihalashga masʼul boʻlgan tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

    Oʻzaro muloqot davomida poytaxtdagi yoʻllarni sifatli taʼmirlash masalasi koʻrib chiqildi. Baxtiyor Rahmonov poytaxt koʻchalari haqida maʼlumot berib, iqlimimiz keskin kontinental boʻlgani bois yoʻllarda bajarilayotgan taʼmirlash ishlari sifatini hamda xizmat qilish

    muddatini bir necha barobar oshirish muhimligini taʼkidladi.

    “LLK-Interneshnl” mutasaddilari hozirda ular tomonidan yoʻl qurilishi va taʼmirlashda qoʻllanilayotgan mahsulot va texnologiyalar haqida atroflicha maʼlumot berib, bajarilgan ishning kafolati 7-10 yil, hatto undan ortiq ham boʻlishi mumkinligiga eʼtibor qaratdi. Shuningdek, ular ish jarayonida har bir obyekt uchun alohida yechim qoʻllashlari va 20 daraja sovuqdan 76 daraja issiqqacha boʻlgan iqlim sharoitlariga mos keluvchi takliflari borligini aytib oʻtdi,

    deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

    Uchrashuv davomida oʻzaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.