UzAutoMotors bergan maʼlumotmga koʻra, ushbu yoʻl-transport hodisasi Fargʻona viloyatida 4-sentyabr kuni soat taxminan 18:00 da sodir boʻlgan.

Logistika avtotreyleri haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻldan chiqib ketgan.

YTH oqibatida 8 ta Chevrolet Cobalt avtomobili zarar koʻrgan, avtotreyler haydovchisi jarohatlanmagan.

Hozirda voqea joyida “UzAutoMotors” AJ masʼul xodimlari ishlamoqda.