Logʻondagi uch avlod uchrashuvida tantanali DXM filiali ochildi

    Mamlakatimizda 4 Sentabr 2021 1666

    Shuning uchun ham mustaqilligimizning 30 yilligi shodiyonalari kunlarida Fargʻona tumanida Qirgʻiziston, Tojikiston mamlakatlari delegatsiyalari ishtirokidagi uch avlod uchrashuvi tashkil etildi.

    Tantanalar davomida Davlat xizmatlari markazining Logʻon qishlogʻidagi filialining ochilish marosimi ham boʻlib oʻtdi. Delegatsiya vakillari, mehmonlar fuqarolar uchun filialda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Jumladan, Tojikistonning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda shunday dedi: “Oʻzbekistonda davlat xizmatlari koʻrsatishni tashkil qilish va bu borada yaxlit va mukammal tizim yaratish Prezident Sh. Mirziyoyev davridan boshlanganidan xabarimiz bor. Bugun mana shu uch avlod uchrashuvi bahonasida aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatishni bevosita kuzatdim. Mobil xizmatlar uchun maxsus avtobus va bugungi shoxobcha menda katta taassurot qoldirdi. Sababi, Tojikistonda ham markazga qatnov qiyin boʻlgan hududlar koʻp. Xursand boʻlganim, bunday islohotlarning barchasi oddiy xalq va tadbirkorlar uchun.

    Logʻon qishlogʻining oʻzida beshta mahalla fuqarolari yigʻini bor. Unda 16 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Bugun qirgʻiz, tojik birodarlarimiz ishtirokida ochilgan DXM filiali logʻonliklar bilan birgalikda qoʻshni hududlar – Damkoʻl, Avval kabi 15 ta MFY dagi 43 ming aholiga xizmat koʻrsatadi. Bu esa fuqarolarimizning qiyinchiliklariga va qatnov noqulayliklariga barham beradi, deb xabar beradi DXA Fargʻona viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.