“Lokomotiv” Jasur Jaloliddinovni RPL roʻyxatidan chiqardi

    Sport 20 Sentabr 2020 1599

    Klub Jasur Jaloliddinovni 28-avgustda Premyer Liga uchun roʻyxatdan oʻtkazgan edi. Biroq jamoa 19-sentyabr kuni Jasurni RPL roʻyxatidan chiqardi.

    Moskvaning “Lokomotiv” oʻzbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinovni RPL qaydnomasidan chiqardi.

    Klub Jasur Jaloliddinovni 28-avgustda Premyer Liga uchun roʻyxatdan oʻtkazgan edi. Biroq jamoa 19-sentyabr kuni Jasurni RPL roʻyxatidan chiqardi va uning oʻrniga chernogoriyalik Luka Jorjivichni roʻyxatdan oʻtkazdi.

    OAV xabariga koʻra, “Lokomotiv” Jalolidinovni tez orada boshqa jamoaga ijaraga berib yuborishi mumkin.

    19 yoshli yarim himoyachi yozda “Bunyodkor”dan “Lokomotiv” klubiga transfer qilingan edi. Jasur klubi safida mashgʻulotlarda ishtirok etgan boʻlsa-da, hali debyutini oʻtkazmagan edi.