Aeroportning eng yuqori qavatidagi avtoturargoh terminalida yong'in sodir bo'lgan. Shundan so'ng bir nechta kuchli chaqnashlar yuz berdi. Avtomobil sirenalari ishga tushdi.
Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, favqulodda hodisa joyiga yetib kelgan olti nafar o't o'chiruvchi va bir fuqaro tutundan zaharlangan. Hozircha ularning ahvoli haqida ma'lumot yo'q.
Havo bandargohiga kirish cheklangan. Favqulodda xizmatlar yong'inga qarshi kurashmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.