London koronavirus tufayli karantinni kuchaytirmoqda

    Londonda shanba kunidan boshlab koronavirus infeksiyasi sonining koʻpayishi sababli karantin choralari kuchaytirildi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning sogʻliqni saqlash vaziri Mett Xenkok maʼlum qildi, deb yozadi RIA Novosti.

    Chorshanba kundan boshlab London cheklovlarning uch bosqichli tizimini joriy qildi. Shahar birinchi bosqichda edi, olti kishilik guruhlar uchun yigʻilishlarga ruxsat berilgandi, barcha doʻkonlar va restoranlar kechki soat 10 gacha ochiq edi.

    Sogʻliqni saqlash vazirining taʼkidlashicha, Londonda har hafta kasalikka chalinganlar soni ikki baravar koʻpaymoqda, kelajakda qattiqroq choralar koʻrmaslik uchun hozirdanoq harakat qilish kerak. Unga koʻra, shahar hokimi va mahalliy hokimiyat bilan birgalikda Londonni shkala boʻyicha ikkinchi darajaga qoʻyish kerak degan xulosaga kelishdi.

    Ushbu daraja mehmondorchilik va odamlarning har qanday uchrashuvini taqiqlashni nazarda tutadi. Toza havoda odamlar olti kishidan koʻproq guruhda uchrasha olmaydi, shuningdek jamoat transportidan foydalanish tavsiya etilmaydi.