Londondagi turar-joy binosida yong'in sodir bo'ldi

    Londonning Janubiy Kensington tumanidagi turar-joy binosida boshlangan yong'in oqibatida kamida o'n bir kishi kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi poytaxt o't o'chirish xizmati.

    “Janubiy Kensingtondagi binodan jami 130 ga yaqin aholi evakuatsiya qilindi. Taxminan 11 kishi tutundan nafas olgani uchun ularga tibbiy yordam ko'rsatildi va shifoxonaga yetkazildi”, deyiladi xabarda.

    Xabar qilinishicha, besh qavatli uydagi yong'inni o'chirishga 15 o't o'chirish mashinasi va 100 ga yaqin o't o'chiruvchi jalb qilingan. Yong'in pastki qavatda boshlangan, keyin esa yuqoriga ko'tarilib, uyning tomini qamrab olgan.

    O't o'chiruvchilar yonayotgan uydan kamida besh kishini qutqarish uchun narvonlardan foydalangan, deb xabar beradi ria.ru.