Nashr sahifalarida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati, 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti yakunlari, mamlakatimizning iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm va madaniy sohalardagi imkoniyatlari, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va boshqa ko‘plab mavzularda ingliz va xitoy tillaridagi maqolalar o‘rin olgan.
Jurnalda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “ShHTning Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liq dunyoda muloqot va hamkorlik” sarlavhali maqolasi o‘quvchilar eʼtiboriga havola etilgan.
“Lookwe” jurnali Xitoy vazirlik va idoralari, xorijiy diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlar, yirik firma va kompaniyalar, tahliliy va ilmiy markazlar o‘trtasida keng tarqatiladi.