Los-Anjeles-2028 Olimpiya oʻyinlarida kuchli oʻntalikka kirish maqsad qilingan

    Sport federatsiyalarining har biriga vazirlar va respublika tashkilotlari rahbarlari saylangan, lekin ayrimlarining faoliyati mavjud salohiyatga mos emasligi qayd etildi.

    Parijda erishilgan natijalar bilan xotirjamlikka berilmaslik kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

    Los-Anjeles-2028 Olimpiya oʻyinlarida kuchli oʻntalikka kirish maqsad qilingan. Buning uchun mutasaddi rahbarlardan tortib, tuman hokimlarigacha barcha qattiq ishlashi kerakligi qayd etildi.

    Olimpiya oʻyinlaridagi tariximiz faqatgina yakkakurash sport turlari bilan yozilayotgani koʻrsatib oʻtildi. Oxirgi Olimpiadada faqat 5 ta sport turi – boks, dzyudo, taekvondo, ogʻir atletika va erkin kurash boʻyicha medal qoʻlga kiritilgan.

    Sport federatsiyalarining har biriga vazirlar va respublika tashkilotlari rahbarlari saylangan, lekin ayrimlarining faoliyati mavjud salohiyatga mos emasligi qayd etildi.

    Viloyat, tuman, mahallaga borganda, sportchi va trenerlar bilan uchrashish, ularning muammosini hal qilish, xorijiy yoki xalqaro federatsiyalar rahbarlari bilan hamkorlik qilish, sportchi va murabbiylarni oʻquv mashgʻulotlariga yuborish ishlari sustligi tanqid qilindi.