Los-Anjeles-2028ning boks bahslarida katta oʻzgarish

    Sport 10 Aprel 2025 1080

    Boʻlajak yozgi Olimpiya oʻyinlarining tashkiliy qoʻmitasi musobaqa dasturiga kiritilgan vazn toifalarini tasdiqladi.

    Bu haqida Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi maʼlum qildi.

    Unga koʻra, XXXIV yozgi Olimpiya oʻyinlarida bokschilar quyidagi vazn toifalarida medallar uchun kurash olib borishadi:

    • Erkaklar: -55 kg, -60 kg, -65 kg, -70 kg, -80 kg, -90 kg, +90 kg;
    • Ayollar: -51 kg, -54 kg, -57 kg, -60 kg, -65 kg, -70 kg, +80 kg.