Los-Anjelesda o'n minglab odam yong'in tufayli uylarini tark etdi

    Los-Anjelesning (AQSh) Pasifik Paliseyds tumanida yirik o'rmon yong'ini sodir bo'lib, shaharni qalin tutun qopladi va mahalliy aholining evakuatsiya qilinishiga olib keldi.

    Bu haqda 7-yanvar, seshanba kuni Reuters xabar berdi.

    “Los-Anjelesdagi tumanning 30 mingdan ortiq aholisi yong'in tufayli o'z uylarini tark etishga majbur bo'ldi”, deya xabar bermoqda jurnalistlar.

    Kaliforniya o'rmon xo'jaligi va yong'indan himoya qilish departamenti ma'lumotlariga ko'ra, yong'in bir necha soat ichida 486 gektar maydonni qamrab olgan. Bunga qurg'oqchilik va kuchli shamol turtki berdi.

    Los-Anjeles o't o'chirish departamenti rahbari Kristin Krouli yong'in tarqalishi sababli 10,3 mingdan ortiq xonadon va 13,2 ming inshoot xavf ostida ekanligini ma'lum qildi.

    Yong'in Pasifik Paliseydsdan g'arbidagi hududlarga ham tahdid solmoqda. Los-Anjeles o't o'chirish departamenti vakili Erik Skott ushbu hududlardagi aholini evakuatsiya qilinishga tayyor bo'lishga chaqirdi.

    PowerOutage.US ma'lumotlariga ko'ra, Los-Anjeles hududida 17 mingga yaqin odam elektrsiz qolgan.

    Los-Anjelesda bir necha oy davomida yog'ingarchilik kuzatilmayapti. Meteorologiya xizmati ma'lumotlariga ko'ra, 1-iyuldan beri shaharda atigi 4 millimetr yomg'ir yoqqan, deb xabar beradi korrespondent.net.