Los-Anjelesda yana yong'in yuz berdi

    Los-Anjelesdagi okrugda “Xyuz” o'rmon yong'inlari sababli 31 mingga yaqin odam majburiy evakuatsiya qilish to'g'risida bildirishnoma oldi.

    Bu haqda CBS News telekanali rasmiylarga tayanib xabar bermoqda.

    “Los-Anjeles okrugi sherifi Robert Luna 31 ming nafar okrug aholisi majburiy evakuatsiya qilinishi haqida, yana 23 ming kishi esa bunga zarurat tug'ilishi mumkinligi bo'yicha ogohlantirildi”, deb xabar beradi telekanal.

    Kaliforniya o'rmon xo'jaligi va yong'indan himoya qilish departamenti yong'in 9,2 akrdan (37 kvadrat kilometr) ko'proq maydonni qamrab olganini ma'lum qildi.

    Departament avvalroq Xyuz yong'ini okrugning 20 kvadrat kilometrdan ortiq maydonga tarqalganini ma'lum qilgan edi.

    Los-Anjeles okrugida 7-yanvar kuni boshlangan o'rmon yong'inlari shtat tarixidagi eng yirik yong'inlar sanaladi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, yong'in umumiy 16 ming gektardan ortiq maydonni qamrab olgan. Kamida 25 kishi halok bo'ldi. Meteorologlarning qayd etishicha, quruq ob-havo va shamol yong'inning tez tarqalishiga sabab bo'lgan, deb xabar beradi report.az.