Adliya vazirligining maʼlum qilishicha, qonun bilan qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra, Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga kapital bozorini, sugʻurta bozorini tartibga solish, lotereyalarni tashkil etish boʻyicha vakolatlar yuklatildi.
Qonun bilan “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga sugʻurta tashkilotlari rahbariyati va mulkdorlarining ishchanlik obroʻsiga qoʻyiladigan talablar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, qonun hujjatlariga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, lotereyalar tashkil etish, bukmekerlik, Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish faoliyati litsenziyalanadigan faoliyat turlariga kiritildi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.