Bu qit'aning bir qancha mamlakatlarida koronavirus tobora avj olmoqda va kunlik o'lim holatlari hamda yangi kasallanganlar rekord darajada ko'paymoqda. Koronavirus Lotin Amerikasining katta shaharlaridan tortib Amazoniya changalzorlarigacha etib bordi.

 

Bu haftada Lotin Amerikasining ikki eng yirik davlatlari- Meksika va Braziliyada deyarli har kuni kasallanganlar va o'lganlarning soni bo'yicha rekord yangilanib turdi. Natijada,bu davlatlar prezidentlariga bo'lgan tanqidlar kuchayib bormoqda. Ular iqtisodiy zararni kamaytirish maqsadida karantin cheklovlarini kechroq joriy qilganlikda ayblanmoqdalar.

 

Jon Hopkins universiteti ma'lumotlarida aytishicha, 22 may holatiga ko'ra Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 330 mingdan oshdi. Bu bilan Braziliya dunyoda kasallanganlar soni bo'yicha Rossiyani quvib o'tib ikkinchi o'ringa chiqdi. SHuningdek, 22 mayda Braziliyada koronavirus bilan bog'liq o'limlar 21 mingdan oshdi. Ammo, ekspertlar virus qurbonlari bundan ham ko'p ekanligini ta'kidlashmoqda.

Mutaxassislarning fikriga ko'ra, Lotin Amerikasi bo'ylab koronavirus qurbonlarining o'sib borishi bu qit'adagi hukumatlarning qonunlarni amalga oshirishdagi kamchiliklarini ko'rsatmoqda.

 

Bu erda millionlab odamlar norasmiy joylarda ishlashadi.Politsiya etarlicha kuchga ega emas yoki ular orasida korruptsiya avj olgan va ular karantin cheklovlarining amalga oshirilishini ta'minlay olishmaydi.

 

Ammo, Peru, CHili va ekvador davlatlarida ham kasallanganlar ortib borsa ham reanimatsiya bo'limlari to'lib toshmadi. CHunki, bu mamlakatlar hukumatlari karantin cheklovlarini ancha erta joriy qilishgandi.