Meksikalik rassom Frida Kaloning “Diego va men” nomli surati auksionda 34.9 million dollarga sotildi. Ushbu surat 1949-yilda chizilgan bo'lib, unda muallifning o'zi ham aks etgan.

Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan auksionda ko'plab san'atsevar xaridorlar ishtirok etdi. Kimoshdi savdosida suratni kolleksioner Eduardo Kostantini sotib oldi.

 Ma'lum qilinishicha, bu summa lotin amerikalik rassomlar savdosi bo'yicha rekord sanaladi.

Frida ijodi hatto Leonardo da Vinchini ham ortda qoldirdi. Italyan rassomining “Ayiqning boshi” surati yoz faslida auksionda 12,2 million dollarga sotilganini ma'lum qilmoqda Intellektual mulk agentligi axborot xizmati.