Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko harbiylarga respublika hududida Rossiyaning “Oreshnik” raketa tizimini joylashtirishni ta'minlash va undan foydalanish imkoniyatini rejalashtirishni topshirdi. Bu haqda mamlakat Xavfsizlik kengashi yig'ilishidan so'ng jurnalistlarga Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig'i – mudofaa vazirining birinchi o'rinbosari Pavel Muraveyko ma'lum qildi, deb xabar beradi tass.ru.
“Faqat bitta ko'rsatma bor – “Oreshnik”ni bizning hududimizga joylashtirishni ta'minlash va undan foydalanishni to'g'ri rejalashtirish”, deya Muraveykoning so'zlaridan iqtibos keltiradi BelTA agentligi.
Belarusga qancha bunday komplekslar yetkazib berilishi rejalashtirilgani haqidagi savolga javob berar ekan, u “bu haqda faqat Rossiya prezidenti bilishini” aytdi.